Праздник

Qurbon Hayiti 11 - avgust kuni nishonlanadi

Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasida Qurbon Hayitini nishonlash to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Unga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019-yilda Qurbon Hayitining birinchi kuni 11-avgust, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olingan.

Prezident hududiy hokimlik organlariga “Nuroniy” jamg‘armasi, O'zbekiston Respublika mahalla kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda “Qurbon hayitining joylarda yuqori saviyada, xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirishi” bo‘yicha topshiriq bergan.

Manba: daryo.uz

Siz ham kirishingiz yoki ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

Izoh qoldiring