Дилфуза Рахимова - Dilfuza Rahimova
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, "Nihol" mukofoti sovrindori, "Vostochniy bazar-2009" xalqaro tanlovining "Gran-pri" sohibasi Dilfuza Rahimova 1972 yili Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida tug'ilgan. 1986 yilda Andijonda ona tili va adabiyotidan o'tkazilgan Respublika olimpiadasida qatnashib, uning ochilish marosimida "Ustina" deb nomlangan qo'shiqni ijro etib, ustozlar e'tiborini qozondi.
1990 yil uning opasi Nurbibi Dilfuzani Toshkentga, Shermat Yormatov boshchiligidagi "Bulbulcha" xor jamoasiga yetaklab keldi. 1991 yilda esa ustozlarining maslahati bilan Muxtor Ashrafiy nomidagi O'zbekiston Davlat konservatoriyasining 2 yillik tayyorlov kursiga kirdi. 1993 yilda konservatoriyaning 1-kurs talabasi bo'ldi.
Bu davr ichida u astoydil mehnat qildi, yozdi, o'qidi, o'rgandi. Mirzo Bedilning ushbu misralarini o'ziga shior qilib oldi: Bu dashtda intilish karvonlari bor, Yo'lovchi shiddatin nishonlari bor. Kamolga bir yo'la yetib bo'lmaydi, To'lin oy yo'lida narvonlari bor.
1999 yilda Dilfuza Rahimova Alisher Navoiy nomidagi saroyda o'zining birinchi konsert dasturini xaqqa namoyish etdi. 2002-2004 yillarda «Xalqlar Do'stligi» (hozirgi "Istiqlol") saroyida o'zining katta konsert dasturini muxlislari e'tiboriga havola qildi. Uning audio albomlaridan joy olgan ko'plab shlyager qo'shiqlar estrada muxlislarining yuragidan joy oldi. Bir qator videokliplari barcha telekanallardan namoyish etib kelinmoqda. Bugungi kunda Dilfuza Rahimova turmush o'rt
Dilfuza Raximova xaqiqiy uzbek ayoli. Sevimli oila parvar ona sanatkor.. Gap yu
Так же можно войти или пройти регистрацию
Dilfuza Raximova o'z davrining latofatli va dilbar ayolidir. Haqiqiy san'at shaydosi deb aytsam yanglishmasam kerak. Ijodlariga omad tilayman