группа "Ziynat" - "Ziynat" guruhi
Группы

группа "Ziynat" - "Ziynat" guruhi

Ташкент
4623232@mail.ru
Описание

группа "Ziynat" - "Ziynat" guruhi

O'zbek estradasi ko'plab guruhlar va ijrochilar bilan to'lib toshganiga qaramasdan, yangi ijodiy guruh raxbarlari o'z orzularidan qaytmagan holda qizlardan iborat bo'lgan original guruhni tashkil etish g'oyasidan qaytmadilar. Bir necha yillik reja va orzular ro'yobi sifatida 2012-yilning avgust oyida "Ziynat" guruhini tashkil qilish g'oyasi ildam surildi. Kasting orqali guruhning ilk ko'rinishi shakllandi.

"Ziynat" guruhining birinchi ishtirokchilari Maftuna Uzakova, Sitora Kadirova va Mahbuba Mirkamilova ilk ijodiy qo'shiqlarini kuylashni boshlashdi. "Beg'ubor" deb nomlangan qo'shiq guruhning debyut taronasi hisoblanib, 2012-yilning kuz oylarida unga ilk klip ham suratga olinib, barcha yoshlarning qalbiga manzur bo'ldi. Guruh qizlarining ijodiy tarihiga nazar solsak, ular ilk faoliyatini bolalik davrdanoq "Marvarid" teatr studiyasida boshlashgan. O'sha vaqtda yosh qizaloqlar saxna madaniyati va xoreografiyasini o'rganib, saxnaga chiqishga ulgurganlar.

Keyinchalik esa "Ziynat" guruhining prodyusseri Olimxo'ja Azimov va badiiy raxbari Gulchexra Irgasheva boshchiligida 3 qizdan tashkil topgan o'smirlar guruhini tuzishdi. Ushbu g'oyani hayotga tadbiq etilishida ko'plab ijodiy izlanishlarga qo'l urildi va zamonaviy yoshlarimizning musiqiy didlari izchil o'rganib chiqildi.

Keyingi oylar mobaynida "Ziynat" guruhi qizlari bir qancha taronalarni yaratib, yoshlarimiz ichida qo'shiqlari bilan o'z muxlislariga ega bo'ldilar. Bugungi kunda guruhning bir qancha kliplarini ham tamosha qilishimiz mumkin va ularda ham jo'shqin ohanglarda yoshlar hayotiga oid mavzular hamda kechinmalar aks ettirilgan.

Dastlabki 15 oy mobaynida 25dan ziyod tarona va 5ta video klip taqdim etgan "Ziynat" guruhi qizlari kichik vaqt mobaynida ko'plab muxlislarga ega bo'lishdi. Shundan so'ng esa qizlar guruhida va ijod pallasida kutilmagan o'zgarish bo'ldi. Jumladan, 2013-yil noyabr oyida guruh a'zolari Sitora Kadirova va Maftuna Uzakovalar shahsiy, oilaviy va o'quv faoliyatidagi murakkabliklar sababli guruhni tark etishdi.

Guruhda Mahbuba Mirkamilova faoliyatini davom ettirishga qaror qildi. Bugungi kunda yakkaxon tarzda bo'lsada, guruh o'z faoliyatini davom ettirmoqda va yangi taronalar ustida izlanish va ishlar olib borilmoqda. Mahbuba Mirkamilova 1997-yil 8-yanvar kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.

Bolaligidanoq qo'shiq kuylash va xoreografiyaga qiziqgan. Ilk ijodiy faoliyatini "Marvarid" bolalar guruhida boshlagan va 2006-yilda o'zining "Jannatmakon" nomli qo'shig'ini kuylab o'tgan. Bolalik davrida karate sport turiga ham qiziqgan va bir necha yil mashg'ulotlar bilan shug'ullangan.

2011-yilda o'spirin Mahbuba "Asian Style" modellik maktabini tugatib, shu sohada ham 2 yilga yaqin faoliyat yuritgan. 2012-yildan e'tiboran "Ziynat" guruhida faoliyat yuritadi va katta saxna sir-asnolari va zamonaviy o'zbek shou-biznesi qirralarini o'rganib, hayotga tadbiq etmoqda.

Будьте первым, оставьте свой отзыв

Оставить отзыв

Похожие организации