Шод гурухи - Shod guruhi
Shod guruhi 2000-yilda uchta zabardast yigitlar Shuhrat, Otabek va Doniyorlardan tashkil topgan.
Shod guruhining solisti Shuhrat Umarov 1982-yil 6-may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Maktab davridayoq u musiqaga juda ham qiziqib, so'ng maktabni bitirib esrada sirk kollejiga o'qishga kiradi. Kollejda o'qib yurgan kezlari ham kollej tadbirlarida ishtirok etib alohida o'ringa ega edi. San'at olamida o'z malakasini oshirgan xonanda kollejni tamomlagandan so'ng Toshkent Davlat San'at institutiga o'qishga kiradi.
Otabek Rustamov 1981-yil 9-sentabr kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. U ham Shuhrat kabi qo'shiq aytishga juda ham ishqiboz edi. Maktabdan so'ng estrada sirk kollejini, so'ng Toshkent Davlat San'at institutiga o'qishga kiradi.
Nihoyat guruhning eng kenjasi Doniyor Nosirov 1983-yil 18-iyul kuni Toshkent shahrida tavallud topdi.U ham do'stlari singari estrada sirk kollejini so'ng Toshkent Davlat San'at institutiga o'qishga kiradi.
Xullas uch yigit 2000-yil Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida bo'lib o'tgan "O'zbekistonim Vatanim mani" ko'rik tanlovi bu guruhni tashkil bo'lishiga sababchi bo'lgan. Ushbu korik tanlovda ular 13-raqam ostida ishtirok etganlar va bu raqam ularga ulkan omadlar olib keldi desak adashmaymiz. Ushbu tanlovda yigitlar g'olib bo'ladilar va bosh hakam "Yalla" guruhining solisti ustoz san'atkor Farruh Zokirov ularga diplom taqdim etadilar.
Ushbu guruhga "Shod" guruhi nomini beradilar. Hozirgi kungacha guruhning 25dan ortiq qo'shiqlari, 9dan ortiq videokliplari va "Assalom" nomli albomlarini o'z muhlislariga havola etganlar.

Так же можно войти или пройти регистрацию