Shou-bizneS.uz
To’yga ta'luqli boshqa saytlar

Shou-bizneS.uz

Ташкент
info@sb.uz
Tavsiflar

Shou-bizneS.uz (SB.uz) portali muallifi, rahbari va bosh muxarriri - Mirtohir Mirg'ulomov.

2002 yildan buyon Shou-biznes olamida faoliyat yuritadi.

Avvaliga "Navro'z" radiosida efir boshlovchisi, so'ng "Tasvir" gazetasida Shou-biznes olamini yorituvchi muxbir sifatida faoliyat yurita boshladi.

2005-2006 yillarda 30-kanalda o'zining mualliflik ko'rsatuvi bo'lmish "Shou-biznes yangiliklari" dasturida boshlovchilik vazifasini ham o'tagan. Orada qisqa muddat "TAKSI" nomli ko'rsatuvda ham boshlovchilik qilgan.

Undan tashqari "Yoshlar", "Sport" hamda "Toshkent" telekanallarida ham kichik sahifalarda teleboshlovchilik vazifasini o'tagan. "Baxt uchun million", "Fotima va Zuhra", "Romeo va Jul'etta", "Sug'diyona" hamda "Superkelinchak" badiiy filmlarida muxarrirlik vazifasini bajargan.

Shuningdek, yuqorida tilga olib o'tilgan filmlar hamda "Jonim seni yoxud Egizaklar kinokartinasining matbuot kotibi ham hisoblanadi. Aktyorlik borasida "Baxt uchun million", "Jonim seni yohid Egizaklar" hamda "Romeo va Jul'etta" badiiy filmlarida o'zini sinab ko'rgan.

Xonandalardan Sogdiana, Davron Ergashev, Aziza Jonim, Anora, Zoda va boshqa yosh ijodkorlarga matbuot kotibi sifati ham ish yuritgan.

2007-2008 yillarda "Hamroh" radiosida "Shou-biznes.uz" nomli mualliflik radioloyihasini efir yuziga olib chiqqan.

Ayni kunda MCHJ "Elite media" rahbari hisoblanadi.

O'z fikringizni birinchilardan bo'lib qoldiring.

Izoh qoldiring